Biz davlat va xususiy tibbiy muassasalarda bepul internet xizmatini taqdim etamiz. Bu tashabbusimiz bemorlar, ularning qarindashlari va tibbiy xodimlarning qulayligini ta’minlash, shuningdek, muhim vaqtlarda aloqa va ma’lumotlarga kirish imkoniyatini yaratishga qaratilgan.
Hozirgi zamonda internet xayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Bemorlar va ularning yaqinlari uchun bu oila va do‘stlari bilan bog‘lanish, muhim vaqtlarda yordam olish, shuningdek, sog‘liq va davolash bo‘yicha muhim ma’lumotlarga erishish imkoniyatidir. Tibbiy xodimlar uchun esa bu zamonaviy texnologiyalardan foydalanib, sifatli xizmat ko‘rsatish, aktual ma’lumotlarga erishish va hamkasblari bilan tezkor aloqada bo‘lish imkoniyatidir.
Biz tibbiy muassasalar — bu xar bir daqiqa qadrli bo‘lgan, bemorlar va ularning yaqinlarining emotsional holati davolash jarayonida muhim ahamiyatga eta bo‘lgan joylar, deb bilamiz. Bepul Wi-Fi — bu nafaqat qulaylik, balki kutish vaqtida asabiylashishni oldini olish va zavqli qilishning bir usulidir.
- Qurilmangizda Wi-Fi ni yoqing.
- Mavjud Wi-Fi tarmoqlari ro‘yxatidan «NUQTA Wi-fi»ni tanlang yoki qr-codeni skanerlash orqali ulaning.
- Oson bo‘lgan ro‘yxatdan o‘ting (bu jarayon 10 soniyadan ortiq vaqt olmaydi).
- Bepul va tez internetdan bahramand bo‘ling!
- Bepul xizmat: Internet barcha tashrif buyuruvchilar va xodimlar uchun cheklanmas xolda mavjud.
- Yuqori tezlik: Video chaqiriqlar, ijtimoiy tarmoqlar, messendjerlar va boshqa onlayn xizmatlardan qulay foydalanish uchun barqaror aloqani ta’minlaymiz.
- Xavfsizlik: Barcha nuqtalarimiz zamonaviy shifrlash tizimlari bilan ximoyalangan, ma’lumotlaringiz xavfsizligi kafolatlanadi.
- Ulanish osonligi: Bizning tarmoqni tanlab, oson va tez ro‘yxatdan o‘tish orqali ulanish mumkin (bu jarayon 10 soniyadan ortiq vaqt olmaydi).
- Ijtimoiy maqsad: Biz internetga kirish — bu naqadar qulaylik emas, balki extiyoj, deb bilamiz, ayniksa tibbiy muassasalarda, xar bir daqiqa qadrli bo‘lgan joylarda.
Biz faol rivojlanmoqdamiz va O‘zbekiston bo‘ylab tibbiy muassasalarda va jamoat joylariga qamrovni kengaytirishni rejalashtirmokdamiz. Maqsadimiz — bepul Wi-Fi ni unga muxtoj bo‘lgan barchalar, bemorlar, ularning yaqinlari va tibbiy xodimlar uchun mavjud qilish.
NUQTA Wi-Fi — intarnet hamma uchun!